Intellektual mulk agentligi Bosh direktori
Fayzullaev Alisher Nasibullaevichning
virtual qabulxonasi
Hurmatli foydalanuvchi!

Sizga O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktoriga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib qo’ymoqchimiz.

Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so’raymiz:

1. Murojaat yo’llayotganingizda familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan bo’lishi shart.

2. Alohida e’tibor bering! Tuhmat, haqorat so’zlar ishlatilgan va yolg’on xabar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.

3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatlaringiz rad etilishi mumkinligini eslatib o’tmoqchimiz:

• odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma’nosi bo’lmagan takliflar va shunga o’xshash murojaatlar);

• murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo’lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo’lmagan murojaatlar

4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo’yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo’lsa, ko’rib chiqilmaydi.

Mazkur shartlarning barchasi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.